“Voy alamjon”ni kuylagan hofiz vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
08 dekabr 2021
22973Ko‘plab qo‘shiqlari bilan tanilgan o‘zbekistonlik hofiz Muhammadkarim Soipov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xabar tarqatdi.
“O‘zining ma’noli qo‘shiqlari bilan 1990-yillarda xalqimizning yuragidan chuqur o‘rin olgan san’atkor, ko‘plab mashhur qo‘shiqlar muallifi va sohir ovoz sohibi Muhammadkarim Soipov olamdan o‘tdi”, deyiladi xabarda.
Muhammadkarim Soipov "Alamjon", "Qaydadur", "Tashna hislar", "Dutorim", "Oq bo‘yra" kabi yuzlab qo‘shiqlari bilan yaxshi tanilgan.
U O‘zbekiston davlat filarmoniyasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi