Alamzada muxlislar Braziliyada tartibsizlik keltirib chiqardi (video)

Sport

image

“Santos” futbol klubi muxlislari jamoa 2023 yilgi mavsum yakunida Braziliyaning ikkinchi divizioni hisoblanmish B Seriyaga tushib ketganidan so‘ng, Santos shahri ko‘chalarida tartibsizliklar uyushtirgan. Bu haqda G1 xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, g‘azablangan muxlislar “Vila Belmiro” stadioni yaqinida Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Stiven Mendozaning mashinasini, shuningdek, yana bir qancha mashinalarni yoqib yuborgan. Bir qancha binolar, yo‘l belgilari va axlat qutilari ham zarar ko‘rgan.

Braziliya A Seriyasining 38-tur uchrashuvi yakunlariga ko‘ra, Marselo Fernandes murabbiyligidagi “Santos” “Fortaleza”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, chempionat turnir jadvalida 17-o‘rinni egalladi. Jamoa 111 yil ichida birinchi marta elitadan chiqib ketdi. San-Paulu shtati jamoasi bilan birgalikda “Goyas” (38 ochko), “Koritiba” (30) va “Amerika Mineyro” (24) oliy divizionni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing