Alamzada “Barsa” Vinisiz “Real”ga qarşi: bugun “El-Klasiko” böladi

Sport

−

image

Bugun, 25 oktyabr kuni Ispaniya çempionatining 10-turidan örin olgan markaziy uçraşuvda “Barselona” öz maydonida “Real Madrid”ni qabul qiladi. “El-Klasiko” nomi bilan maşhur bahs “Kamp Nou” stadionida bölib ötadi va Toşkent vaqti bilan 01:00 da boşlanadi.

Uçraşuv boş hakami etib Xaver Alberola Roxas tayinlangan. Töqqiz turdan keyin “Barselona” 27 oçko bilan turnir jadvalida birinçi örinda bormoqda. Jamoa barça uçraşuvlarda ğalaba qozongan. “Real Madrid” esa 21 oçko bilan uçinçi örinni egallab turibdi.

Kataloniyaliklar hafta örtasida Çempionlar ligasi doirasida PSJga 2:4 hisobida mağlub bölib, mavsumdagi ilk mağlubiyatini qabul qildi. Şunga qaramay, “Barselona” La Ligada mavsumni töqqizta ketma-ket ğalaba bilan boşladi. Endi jamoa çempionat tarixida mavsum boşida ketma-ket önta öyinda ğalaba qozongan ilk klubga aylaniş imkoniyatiga ega. Kataloniyaliklar öz maydonida La Liga doirasidagi sönggi 23 ta uçraşuvdan beri ğalaba qozonib kelmoqda.

“Real Madrid” esa hafta örtasida Çempionlar ligasida “Leypsig”ni 4:1 hisobida mağlub etdi. Jamoa sönggi uçta uçraşuvning har birida törttadan gol urdi va ularning barçasida ğalaba qozondi. Biroq madridliklar içki çempionatda hozirgaça ikki marta mağlubiyatga uçraşga ulgurdi. Şuningdek, “Real” La Ligadagi sönggi uçta safar uçraşuvining ikkitasida mağlubiyatga uçradi.

“Barselona” safida Dani Olmo PSJga qarşi öyinda olgan jarohati sabab “El-Klasiko”da maydonga tuşmaydi. Erik Garsiya ham uçraşuvni ötkazib yuboradi, Jyul Kundening iştiroki esa söroq ostida. “Real Madrid” hujumçisi Vinisius Junior çempionatdagi törtta öyinga diskvalifikatsiya qilingani sabab bu bahsda ham qatnaşmaydi.

“Barselona” rasmiy musobaqalar doirasidagi sönggi 7 ta özaro uçraşuvning 6 tasida ğalaba qozongan. Bu orada kataloniyaliklar La Ligadagi avvalgi çempionligini rasmiylaştirgan uy uçraşuvida ham “Real”ni 2:0 hisobida mağlub etgan.

Jamoalar örtasidagi sönggi 13 ta çempionat uçraşuvining birortasi durang bilan yakunlanmagan: “Barselona” 5 marta ğalaba qozongan, “Real Madrid” esa 8 marta ustun kelgan.

Ma’lumot uçun, bu ikki jamoa özaro rasmiy uçraşuvlarda 264 marta töqnaş kelgan. Ularda “Real Madrid” 106 ta ğalaba, “Barselona” ham 106 ta ğalaba qayd etgan, yana 52 ta uçraşuv durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing