Alvares kelajagi borasida qaror qabul qildi
Sport
−
17:59 572 1 daqiqa
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasi hujumchisi Xulian Alvares klubda qolishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist va insayder Belen Sanches Garsiya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi “Arsenal”ning taklifini, shuningdek, boshqa bir nechta klublardan tushgan takliflarni ham rad etgan.
Avvalroq, Alvares “Atletiko” rahbariyatidan uni “Barselona”ga qo‘yib yuborishni so‘ragan edi. Biroq Madrid klubi kataloniyaliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Alvares “Atletiko” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchi ikki kun “Atletiko Madrid” mashg‘ulotlarida qatnashmagani va “Sevilya” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi