Alvares “Barselona”ga o‘tishni xohlagani uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi

Sport

image

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchisi Xulian Alvares jamoadan ketish istagini bildirgani uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi. Bu haqda “Cadena SER” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi “Barselona”ning qiziqishi fonida klubdan ketish niyatini ma’lum qilgani xato bo‘lganini tan olgan.

Xabarlarga ko‘ra, Alvares jamoadoshlari bilan suhbatda ham mazmunan, ham shaklan xato qilganini tan olgan va “Atletiko”ga sadoqati birinchi o‘rinda turishini ta’kidlagan.

Nashrning yozishicha, hujumchi “Barselona” bilan uzoq davom etgan muzokaralar fonida vaziyatni qabul qila boshlagan.

Qayd etilishicha, Alvaresning mazkur bayonoti “Atletiko Madrid” “Barselona” bilan muzokara olib borishdan bosh tortgan taqdirda, futbolchi tomonidan ehtimoliy norozilik yoki ziddiyat yuzaga kelishining oldini oladi. Biroq bu Alvares Madrid klubini tark etish istagidan butunlay voz kechganini anglatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xulian Alvares “Barselona” o‘tish istagi sabab “Atletiko Madrid” rahbariyatiga klubda boshqa o‘ynay olmasligi aytgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing