Alvares “Atletiko Madrid”dan ketmoqchi – Romano

Sport

image
Argentina terma jamoasi va “Atletiko Madrid” klubi hujumchisi Xulian Alvares shu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, argentinalik hujumchi Madrid klubi rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha hali jiddiy muzokaralar olib bormayapti va “matraschilar”ning yillik 10 million yevrolik taklifini rad etgan.

PSJ, “Barselona” va Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari Alvaresga qiziqish bildirgan. Biroq agar jiddiy takliflar tushsa, “Atletiko” futbolchini saqlab qolishda qiynalishi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Alvares Madrid klubiga 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan qo‘shilgan edi. Ushbu mavsumda hujumchi 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Atletiko Madrid” Xulian Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing