Alvares “Atletiko”da boshqa o‘ynamoqchi emas – OAV
Sport
−
11 avgust 637 1 daqiqa
“Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares qat’iy qarorga kelib, “Barselona”ga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi shaxsan Madrid klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan uchrashib, undan transferni amalga oshirishga yordam berishni so‘rashni rejalashtirgan. Biroq Alvares murabbiyi bilan suhbatlasha olmagan. Simeone ikki kunlik ta’tildan foydalanib, Ibitse oroliga yo‘l olgan. Hujumchi ta’tilda bo‘lgan “Atletiko” bosh direktori bilan ham uchrasha olmagan. Manbaga ko‘ra, bu holat futbolchining jahlini chiqargan.
Alvares mashg‘ulot maydonida klub vakillariga endi maydonga tusha olmasligini ma’lum qilgan. Argentinalik futbolchi Simeone qaytganidan so‘ng unga o‘z qarorini shaxsan bildirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq agar “Barselona” Alvares transferini ijobiy yakunlay olmasa, argentinalik boshqa bir hujumchi Lautaro Martines variantini ko‘rib chiqishi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust