“Al-Nasr” yana bir yirik transferni amalga oshirmoqchi

Sport

image

O‘tgan yil oxirida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olgan "Al-Nasr" klubi o‘z tarkibini Yevropa futbolining yana boshqa yulduzlari bilan kuchaytirish niyatida. Saudiyaliklar endi "Real" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Modrichga "Al-Nasr"dan taklif tushgan, biroq u yana kamida bir mavsumni "qaymoqranglilar" safida o‘tkazmoqchi va boshqa takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.

La Liganing joriy mavsumida Modrich madridliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va ikki bor sheriklariga assistentlik qildi.

Avvalroq, "Al-Nasr" "Real"da uzoq vaqt davomida Modrich va Ronaldu bilan jamoadosh bo‘lgan yana bir futbolchi — PSJ himoyachisi Serxio Ramosga qiziqayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing