“Al-Nasr” “Bavariya” futbolchisini sotib oldi 

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Kingsli Komanni 30 mln yevroga xarid qildi. Ushbu transferni Fabritsio Romano ham tasdiqladi.

Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Tibbiy ko‘rik, shartnoma imzolash va tanishtiruv marosimi shu hafta ichida bo‘lib o‘tishi aytilgan. 

Ma’lumot uchun, Koman o‘tgan mavsum nemis klubi safida barcha musobaqalar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu boshchiligidagi jamoa Kingsli Komandan oldin Joau Feliks hamda Inigo Martineslarni ham klubga qo‘shib olgan edi.

Nodir Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

transfer Kingsli Koman “Bavariya” “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing