Alkaras ilk “Australian Open” chempionligini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 1 fevral kuni “Australian Open” turnirining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida dunyoning birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Karlos Alkaras serbiyalik Novak Jokovichni mag‘lub etib, 2026 yilgi Avstraliya ochiq chempionati g‘olibiga aylandi.

Melburnda bo‘lib o‘tgan qattiq kortdagi “Katta dubulg‘a” turniri finalida Alkaras jahon reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi.

To‘rt set davom etgan uchrashuvda ispaniyalik tennischi 2/6, 6/2, 6/3, 7/5 hisobida g‘alaba qozonib, faoliyatida ilk bor Avstraliya ochiq chempionati kubogini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz, Yannik Sinner ushbu turnirda avvalgi ikki mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Al'karas Australian Open chempionligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar