“Al-Qoida”ga aloqador guruh Somalidagi mehmonxonani egallab oldi. 30 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image

“Al-Qoida”ga aloqador “Ash-Shabob” jangarilari Somalining Mogadisho shahridagi “Hayat” mehmonxonasini egallab oldi. Oqibatda kamida 30 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. Bu haqda “Somali Guardian” nashri yozmoqda. 

Qayd etilishicha, o‘ldirilganlar orasida sobiq amaldorlar, davlat xizmatchilari ham bor. Somali razvedka va xavfsizlik agentligining Mogadishodagi rahbari va yuqori martabali politsiya xodimi yaralangan.

“Ash-Shabob” guruhning uch nafar a’zosi mehmonxonaga bostirib kirgan. Hujum vaqtida ular portlovchi qurilmalardan ham foydalangan. Guruhning harbiy voizi Abu Musabning aytishicha, hujumda 20 dan ortiq odam, jumladan, rasmiylar ham o‘ldirilgan. Bu joriy yilning may oyida Hasan Shayx Muhammad Prezident etib qayta saylanganidan beri poytaxtda sodir bo‘lgan birinchi hujumdir.

Hozircha qurbonlarning shaxsi haqida hech narsa ma’lum emas. 

Aytish joizki, Hasan Shayx Muhammad Somali Prezidenti etib qayta saylanganidan bir necha hafta o‘tib, “Ash-Shabob”ni tor-mor etishiga va guruhga qarshi keng qamrovli militaristik, iqtisodiy va mafkuraviy hujum boshlashiga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing