Al-Aqsoda saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar nusxasi O‘zbekistonga olib kelindi

Jamiyat

image

Al-Aqso masjidi kutubxonasida saqlanayotgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qo‘lyozmalari elektron nusxasi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zarxiv" agentligi Matbuot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasining tashabbusi bilan joriy yilning 4-7 aprel kunlari “O‘zarxiv” agentligi boshchiligidagi delegatsiya Isroilga xizmat safari doirasida Al-Aqso masjidi kutubxonasi saqlovidagi Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qo‘lyozmalarining elektron nusxasi O‘zbekistonga olib kelingan. 

Bundan tashqari, Al-Aqso masjidi kutubxonasidagi qo‘lyozmalarning katalog nusxasi, Isroil davlat arxivi saqlovidagi Buxoro yahudiylari uyushmasiga tegishli hujjatlar to‘plami, O‘zbekistonning ilk mustaqillik bayrami bilan tabriknoma va tabrik uchun bildirilgan tashakkurnoma to‘plamlari nusxalari ham mamlakatga olib kelingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing