Al-Aqsoda 10 ming nafar falastinlikka namoz o‘qishga ruxsat beriladi

Olam

image

Isroil Ramazon oyi munosabati bilan 10 ming nafar falastinlikka Al-Aqso masjidi hududida haftalik namozlarda qatnashishga ruxsat beradi. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni “Al Arabiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ibodat qilish uchun oldindan maxsus kunlik hujjat olish kerak bo‘ladi. Shuningdek, yosh bo‘yicha cheklov joriy etilgan: 55 yoshdan oshgan erkaklar, 50 yoshdan oshgan ayollar hamda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qarindoshi hamrohligida) masjidga kirishi mumkin.

Al-Aqso Sharqiy Quddusda joylashgan bo‘lib, islom dinidagi eng muqaddas masjidlardan biri hisoblanadi. Ramazon oyida bu yerda odatda yuz minglab falastinliklar ibodat qiladi.

Falastin tomoni Isroilni Ramazon oldidan tayyorgarlik ishlariga to‘sqinlik qilishda ayblamoqda. Masjid imomi Shayx Muhammad al-Abbosiy esa unga majmuaga kirish bir haftaga taqiqlanganini bildirib, buning sababi ochiqlanmaganini bildirgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, yahudiylar majmuaga tashrif buyurishi mumkin, biroq u yerda ibodat qilishga ruxsat etilmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidi imomini hibsga olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Quddus Ramazon oyi Isroil Al'-Aqso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing