Akvariumdan baliq ovlaganlar sudlandi
Olam
−
11:18 3520 1 daqiqa
AQSHning Florida shtatida ikki nafar fuqaro dengiz akvariumiga noqonuniy ravishda kirib, noyob baliqni tutgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli Kristofer Smit va 25 yoshli Derrik Vivian Florida Keys hududidagi akvariumga yashirincha kirgan. Ular uzunligi taxminan 140 santimetr bo‘lgan tarpon baliqni suvdan chiqarib, selfiga tushishgan. Mutaxassislar ushbu noyob baliqning qiymatini taxminan 7 ming dollar atrofida baholamoqda.
Florida qonunchiligiga ko‘ra, bunday hajmdagi baliqni suvdan chiqarib olish qat’iyan taqiqlangan. Shu sababli har ikki shaxs o‘g‘irlik va noqonuniy baliq ovlashda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida qo‘shnisining uyiga kirib, voyaga yetmagan bolaga zo‘rlik ishlatgan holda 7 dona jo‘jani o‘g‘irlagan shaxs 10 yil 2 oy muddatga qamalgan edi.
Live
Barchasi