Aktrisa Jeyn Birkin o‘z uyida o‘lik holatda topildi
Madaniyat-san’at
−
17 iyul 2023
1202876 yoshli fransuz aktrisasi va xonanda Jeyn Birkin vafot etdi. Bu haqda BBS xabar berdi.
Qayd etilishicha, xonanada kecha, 16 iyul kuni Parijdagi uyida o‘lik holada topilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Jeyn Birkin 1946 yilda Londonda tug‘ilgan va o‘tgan asrning 60-yillari oxirida Fransiyaga ko‘chib o‘tgan. 1966 yilda Birkin Mikelanjelo Antonioni tomonidan suratga olingan filmda rol o‘ynagan. Bu uning faoliyatidagi ilk qadam edi. 1969 yilda u Per Grimblning “Slogan”filmida bosh rolni ijro etgan. Ushbu filmda Birkin umr yo‘ldoshi Serj Gensbur bilan birgalikda rol ijro etgan. Ular musiqiy hamkor sifatida ham mashhur bo‘lgan. 1969 yilda ular “Je t’aime… moi non plus” qo‘shig‘ini chiqargan. 12 yillik munosabatlardan so‘ng er-xotin ajralishgan, ammo ularning san’atdagi faoliyati 1991 yilgacha, ya’ni Gensburg vafot etgan kungacha davom etgan. Ularning qizi Sharlotta Gensburg ham taniqli aktrisa va qo‘shiqchi bo‘lgan.
2021 yilning sentyabr oyida Birkin insultga chalingan va shu sababli bir nechta konsertlarni bekor qilishga majbur bo‘lgan.
Faoliyati davomida Jeyn Birkin o‘nlab filmlarda rol o‘ynagan va yigirmaga yaqin albom yozgan. U hayotining so‘nggi yillariga qadar kino va musiqa bilan shug‘ullanishni davom ettirgan.
LiveBarchasi