Aktyor sahnada kuylayotib vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 11 oktyabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahridagi yosh tomoshabinlar teatrining aktyori Arseniy Kurchenkov "Bal Bess" spektaklida kuylayotgan paytda to‘satdan sahnada yiqildi hamda vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

43 yoshli aktyorning o‘limiga infarkt sabab bo‘lgani aytilmoqda. Kurchenkov Qozon teatriga 1997 yilda kelgan.

2008-2009 yillarda bir muddat Samara teatrlarida ishladi, shundan so‘ng u Qozonga qaytib kelib, Qozon yosh tomoshabinlar teatrida xizmat qildi. "Serqirra aktyor tomoshabinlar qalbida o‘zining shirali ovozi hamda yoqimli nigohi bilan bir umrga qoldi", deyiladi teatrning rasmiy saytida.

Fojia yuz berganidan keyin teatr so‘nggi uch kundagi barcha tomoshalarini bekor qildi. Aktyor 13 oktyabr kuni Derbishka qishlog‘idagi qabristonga dafn etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozon teatri aktyori Arseniy Kurchenkov

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar