Aktyor Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek kinosining chinakam afsonasi, betakror rollari orqali o‘zbek xalqi qalbidan chuqur joy egallagan aktyor, O‘zbekiston xalq artisti, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi  Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi.

Baxtiyor Ixtiyorov sermaxsul ijodi davomida "Yor-yor", "Ajoyib hayolparast", "O‘tgan kunlar", "Nodirabegim", "Yettinchi jin", "Abu Rayhon Beruniy", "Yettinchi o‘q", "Shum bola" kabi juda ko‘plab filmlarda ajoyib rollarni ijro etishi bilan bir qatorda o‘zbek teatr san’ati rivojiga ham munosib hissa qo‘shgan. 

Marhum 1956 yildan to 2009 yilga qadar turli yillarda Buxoro  musiqali  teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatri, “Yosh gvardiya” teatri  hamda Satira teatri sahnalarida yuzdan ortiq  esda qolarli obrazlarni gavdalantirdi, rejissyor sifatida xalqqa manzur spektakllar sahnalashtirdi va ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari, yaqinlari va butun ijod ahliga chuqur hamdardlik birdiradi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Ixtiyorov

Baholaganlar

1948

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar