Aksilmonopoliya qo‘mitasi SSVga nisbatan ish ochdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga binoan Toshkent shahri va viloyatidagi 178 ta davlat shifoxonalarining laboratoriyalari xorijda ochilgan “Intermed Innovation” qo‘shma korxonasiga biriktirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Kecha, 16 may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyevning ma’lum qilishicha, ushbu ish yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan ma’muriy ish ochilgan

Farrux Qoraboyevga ko‘ra, tuzilgan shartnoma yuzasidan bir qancha mahalliy tadbirkorlar tomonidan shikoyat kelib tushgan. Qo‘mita Sog‘liqni saqlash vazirligidan laboratoriyalarni biriktirish bo‘yicha ma’lumot so‘ragan, biroq vazirlik ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan.

“Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga asosan ish qo‘zg‘atildi. Shu hafta bu bo‘yicha chora ko‘riladi. Agar ma’lumotlar berilmasa, tegishli tartibda ma’muriy javobgarlik bo‘yicha choralar ko‘riladi. Biz qonunbuzilish holatini o‘rganishimiz uchun hujjatlar kerak, lekin shu kungacha ular taqdim etilmadi. Agar qonunbuzilish holatlari aniqlansa, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga asosan choralar ko‘ramiz”, deydi Qoraboyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing