Akrom Malik afv etildi
Jamiyat
−
27 avgust 2020
15548Bugun, 27 avgust, navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik ozodlikka chiqdi.
U 2016 yil 22 iyul Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX) tomonidan qamoqqa olingandi. Keyinroq sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159- moddasi (“Konstitutsion tuzumga tajovuz”) hamda 244-moddasi ("Jamoat xavfsizligiga tahdid") bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Uning "Abdulloh Nusrat" taxallusi bilan yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan.
U O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar bilan birga afv etildi.
LiveBarchasi