Akramjon Fozilov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bugun, 15 oktyabr kuni Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegishli farmoyishni imzoladi.

Akramjon Fozilov yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Aziza Qurbonova esa Akramjon Fozilovning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Xushnud G‘ayratovich Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Akramjon Fozilov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan, Vena (Avstriya) va Gent universitetlarida (Belgiya) tahsil olgan. U 2021 yildan 2022 yilgacha Yevropa-O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasining (EUROUZ) Toshkentdagi loyiha ofisi rahbari vazifasini bajaruvchisi, 2024 yilgacha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Akramjon Fozilov joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing