Axlatxonaga aylangan Krasnogorsk tozalandi 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Krasnogorsk posyolkasi ifloslantirilgani, har tomon axlatga to‘lib ketgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi. Kecha, 18 aprel kun davomida esa ushbu surat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan posyolkadagi vaziyat o‘rganilgan. 

O‘rganishlar natijasida o‘tgan davrda ushbu yer maydoni chiqindilarni olib chiqib ketish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Angren Bunyod Fayz” MCHJ tasarrufidagi poligon ekani ma’lum bo‘lgan. Yer maydoni o‘tgan yili oktyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga asosan Mudofaa vazirligi hisobiga o‘tkazilgan. 

Hozirda hududdagi chiqindilar tegishli maxsus texnikalar yordamida ko‘mish (rekultivatsiya) ishlari olib borilib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida Mudofaa vazirligi tomonidan mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib bog‘ tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

338

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing