Axbor Imomxo‘jayev vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 may kuni o‘zbek sharhlovchilik maktabi asoschisi, futbol jurnalistikasining faxriysi Axbor Imomxo‘jayev 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning nabirasi Diyor Imomxo‘jayev Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Axbor Imomxo‘jayev — “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”, “Shuhrat” medali sohibi, "Oltin qalam" milliy mukofoti laureati, “O‘zbek futboli nuroniysi” sovrini egasi edi.

U 1936 yilning 19 fevralida tug‘ilgan. O‘zbek sport jurnalistikasining otaxoni. O‘zbekiston televideniyesi tarixida futbol uchrashuvini o‘zbek tilida sharhlagan birinchi sport sharhlovchi (1961 yil 20 aprel. "Paxtakor"  Toshkent - SSKA Moskva) hisoblanardi.

Ma’lumot uchun, Axbor Imomxo‘jayevning janoza namozi ertaga, 31 may kuni soat 10:00 da o‘qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

872

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing