Akbar Jo‘rayev Islom birdamligi o‘yinlari rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 15 avgust kuni o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev ham bahslarga kirishdi va musobaqani mutlaq chempion sifatida yakunladi. 

Jo‘rayev +109 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qildi. U dast ko‘tarish mashqida 200 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysindirgan. Bu natija Islom birdamlik o‘yinlaring rekordi sifatida tarixga kirdi. 

Ikki kurash yakuni bo‘yicha 21 yoshli Akbar Jo‘rayev 446 kg natija bilan 3 ta oltin medalni O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 

Avvalroq, -109 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov ham Islom birdamlik o‘yinlarining rekordini o‘rnatgan holda, mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. 

Ma’lumot uchun, Islom birdamligi o‘yinlari 18 avgustga qadar davom etadi. Hozircha, O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish borasida Turkiya va Eron mamlakatlaridan ortda qolmoqda, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

573

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing