Akademik Muhammad Kabir Bahodirxonov vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 19 avgust kuni yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi yirik olim akademik Muhammad Kabir Bahodirxonov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Muhammad Kabir Bahodirxonov 1941 yil 17 avgust kuni tug‘ilgan. 1965 yil Toshkent davlat universitetining fizika fakultetini tamomlagan. 

Marhum 2012 yildan to umrining oxirigacha Toshkent davlat texnika universitetining “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi professori bo‘lib faoliyat yuritgan. 

Fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademigi Muhammad Kabir Bahodirxonov 1992 yil “Beruniy” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing