Akademik litseylarga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 24 iyul kuni akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Kirish test sinovlari 2023 yil 24 iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi. 
Test sinovlarining o‘tkazilish vaqti:

  • birinchi smena soat 9:00 da boshlanadi.
  • ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

“Test sinovlarini o‘tkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilinishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Akademik litsey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made