Akademik litseylarga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilarini Respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga hujjatlarini onlayn qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, akademik litseylarda:

– aniq fanlar;

– tabiiy fanlar;

– xorijiy tillar;

– ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim beriladi.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Respublikadagi barcha akademik litseylar haqida ma’lumotlar umumlashtirilgan maxsus Telegram kanali tashkil etildi. Ushbu kanalda akademik litseylarning rasmiy sahifalari orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi.

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Akademik litsey onlayn qabul

Baholaganlar

596

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing