Akademik Bekjon Toshmuhamedov vafot etdi

Jamiyat

image

Akademik Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

“Biofizikaning O‘zbekistondagi asoschilaridan biri, dunyo miqyosida tanilgan yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Bekjon Toshmuhamedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyilgan O‘z FA xabarida.

Bekjon Toshmuhamedov 1935 yil Toshkentda tug‘ilgan, biolog-biofizik olim. Fanlar akademiyasi akademigi.

Bekjon Toshmuhamedov Moskva universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan. ToshDUda kichik ilmiy xodim, biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston FA yadro fizikasi va Biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, u ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri, O‘zbekiston FA Fiziologiya institutida direktor, bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston FA Prezidiumi a’zosi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bekjon Toshmuhamedov

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing