Aka-uka Grimmlarning Ikkinchi jahon urushida yo‘qolgan asari topildi
Madaniyat-san’at
−
05 may 2024 17108 1 daqiqa
Dunyo bolalarining sevimli ertakchilariga aylangan aka-uka Grimmlarning Ikkinchi jahon urushi yillarida yo‘qolgan 27 jildlik asari Polshadagi Adam Mitskevich universiteti kutubxonasida saqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Ikki tadqiqotchi tomonidan qayta kashf etilgan tarixiy kitoblar 1700-1800 yillarga oid bo‘lib, ularning sahifalarida nemis ertakchilarining qo‘lyozmalari saqlanib qolgan.
Nashrning yozishicha, kitobda Grimmlarning ilgari o‘quvchilarga noma’lum bo‘lgan ertaklari, masalan, "Jasur ritsar va malika Magelone" haqidagi afsona ham bor.
"Ushbu topilma adabiy tanqidchilik uchun muhim kashfiyot bo‘lib, aka-uka Grimmlarning asarlarini o‘rganishda yangicha yondashuvni tuhfa etadi", deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025