AQSHning yangi Davlat kotibi tasdiqlandi

Olam

image

Kecha, 26 yanvar kuni AQSH Senati 58 yoshli Entoni Blinkenni Davlat kotibi lavozimiga tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Reuters”. Uning nomzodini yoqlab 67 senator ovoz bergan, 11 kishi esa qarshi ovoz bergan.

Bir hafta oldin u Senatning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari bilan suhbatlashgan va ularga davlat kotibi sifatidagi o‘zining ustuvor vazifalari to‘g‘risida gapirib bergan. Tartibga ko‘ra, avvalo qo‘mita a’zolari nomzodni tavsiya qilishlari kerak, so‘ngra Senatning to‘liq tarkibi tayinlash uchun ovoz berishlari kerak.

Ma’lumot uchun, hozirda AQSHning amaldagi Davlat kotibi Mayk Pompeo hisoblanadi. U 2018 yilning 26 aprelidan beri ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing