AQSHning Rossiyadan uran sotib olishi yillik maksimal darajaga yetdi

Olam

image

2024 yilning may oyida AQSH Rossiyadan 209,5 million yevroga teng uran sotib oldi va bu yillik maksimal darajaga yetdi. Bu haqda Amerika statistika byurosi ma’lumotlariga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Rasmiy Moskva aprel oyidagi tanaffusdan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarga uran yetkazib berishni qayta tikladi. Bir oy davomida eksport hajmi 91,1 tonnani, ya’ni 209,5 million dollarni tashkil etdi. Bu 245,9 million dollarlik boyitilgan uran yetkazib berilgan 2023 yil martidan beri eng ko‘p ko‘rsatkich bo‘ldi.

Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlar may oyida turli mamlakatlardan uranni rekord miqdorda – 987 million dollarga sotib oldi. AQSHning boyitilgan uran bo‘yicha asosiy eksportchisi Xitoy bo‘lib, undan 323,6 million dollarga uran sotib olgan. Fransiyadan uran sotib olish miqdori esa 245,4 million dollarga yetdi. Shartnomalar hajmi bo‘yicha Rossiya uchinchi o‘rinda turibdi. “Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH atom elektr stansiyalarida ishlatiladigan uran yoqilg‘isining qariyb 24 foizi Rossiyadan keladi.

Shuningdek, Germaniya AQSHga 96,8 million dollar, Niderlandiya 63,3 million dollar, Buyuk Britaniya 38 million dollarlik uran sotgan. Nisbatan kamroq miqdorda buyurtmalar Qozog‘istonda (8 million dollarga) va Belgiyada (2,6 million dollarga) ham amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden avvalroq parlamentning har ikki palatasi tomonidan qabul qilingan Rossiya uranini import qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan qonunni “tarixiy” deb atadi va u iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

uran AQSh Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made