AQSHning rekord darajadagi harbiy byudjeti ma’qullandi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Kongressining Vakillar palatasi kecha, 14 iyul kuni mamlakatning 2023 moliya yili uchun (1 oktyabrdan boshlanadi) umumiy qiymati qariyb 840 milliard dollarga teng mudofaa byudjeti loyihasini ma’qulladi.

Loyihani 329 kongressmen qo‘llab-quvvatladi, 101 nafari qarshi chiqdi. Qarshi ovoz berganlar orasida 39 nafar demokrat va 62 nafar respublikachi bor.

Tasdiqlangan loyiha, xususan, Pentagonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taxminan 808,4 milliard dollar va AQSH Energetika vazirligiga yana 30,5 milliard dollar ajratishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, taxminan 400 million dollar federal hukumatning boshqa bo‘linmalarining mudofaa bilan bog‘liq faoliyatiga yo‘naltirilishi kerak.

Kongressmenlar, xususan, Yevropada Rossiyani tiyib turish uchun 4 mlrd dollar ajratish niyatida. Shuningdek, ular Pentagon va Rossiya Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik uchun bir necha yillardan beri amal qilib kelayotgan cheklovni yana bir yilga uzaytirmoqchi. Shuningdek, qonunchilar Pentagondan AQSHning Yevropadagi harbiy bazalarining Rossiya energiyasiga qamarligin kamaytirish choralarini ko‘rishni talab qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, oxir-oqibat AQSH harbiylari ulardan butunlay voz kechishi kerak.

Loyihada Ukrainaga qurol yetkazib bergan Amerika ittifoqchilari va sheriklarining arsenallarini to‘ldirish uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha bandlar ham bor. Qonunchilar Ukraina va boshqa mamlakatlarda hududlarni minalardan tozalash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni moliyalashtirishni taklif qilmoqda. Loyihaga ko‘ra, Kiyev kelasi moliya yilida Ukraina xavfsizligini ta’minlash tashabbusi doirasida AQSHdan 1 milliard dollar olishi mumkin. Hujjatda, shuningdek, Pentagon bosh inspektori Kiyevga harbiy yordam qanday yetkazilayotganini muntazam tekshirib turishi talablari ham bayon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh mudofaa byudjeti

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing