AQSHning Livandagi peyjerlar portlashiga aloqasi yo‘q – Pentagon
Olam
−
19 Sentabr
1773AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Livanda “Hizbulloh” a’zolari tomonidan foydalaniladigan peyjerlarning ommaviy portlashiga aloqadorligini rad etadi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi general-mayor Patrik Rayder ma’lum qildi.
“Men bilishimcha, Qo‘shma Shtatlarning bunga aloqasi yo‘q. Takror aytaman, biz bu masalani kuzatib boramiz”, deydi u.
Shuningdek, Rayder portlashdan keyin AQSHning mintaqadagi harbiy pozitsiyasi o‘zgarmaganini aytdi.
Rayder, shuningdek, Davlat kotibi Blinken taranglik kengroq mintaqaviy mojaroga aylanmasligiga "e’tibor qaratganini" va ular diplomatiya Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi davom etayotgan mojaroni kamaytirishning eng yaxshi yo‘li ekanligiga ishonishlarini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Livanning turli hududlarida “Hizbulloh” a’zolarining peyjerlari portlagan edi. Hodisa oqibatida 2,8 mingga yaqin odam jarohat olgan, 12 kishi halok bo‘lgan, ular orasida 10 yoshli qiz ham bor. Livan xavfsizlik xizmatidagi yuqori martabali manba va boshqa suhbatdoshiga tayanib, “Reuters” Isroilning “Mossad” razvedka xizmati peyjer portlashlaridan bir necha oy oldin Livandagi “Hizbulloh” harakati tomonidan buyurtma qilingan Tayvanning Gold Apollo kompaniyasining 5000 peyjeriga oz miqdorda portlovchi moddalar o‘rnatganini xabar berdi. Gold Apollo kompaniyasi esa “Hizbulloh” tomonidan buyurtma qilingan peyjerlarni ishlab chiqarishga aloqasi yo‘qligini aytdi. Unga ko‘ra, Budapeshtda ro‘yxatdan o‘tgan BAC Consulting KFT kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lib, BAC Tayvan brendidan foydalanishi mumkin, lekin mahsulotni mustaqil ravishda ishlab chiqaradi.
Kecha, 18 sentyabr kuni esa Livan sharqidagi Bekaa hududida aloqa vositalari ommaviy tarzda portlab ketdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr