AQSH Afg‘onistondagi fuqarolaridan darhol mamlakatni tark etishni so‘radi
Olam
−
07 avgust 2021
8708Afg‘onistonda yuzaga keskin vaziyat tufayli AQSHning Qobuldagi elchixonasi amerikaliklardan mamlakatni tark etishni so‘radi. Bu haqda diplomatik missiya saytida xabar qilindi.
Xabarga ko‘ra, AQSH elchixonasi mavjud tijorat reyslaridan foydalanib, Amerika fuqarolarini Afg‘onistonni darhol tark etishga chaqirmoqda. Xavfsizlik shartlari, shuningdek shtatlar kamaytirilgani hisobga olinadigan bo‘lsa, hatto Qobulda ham elchixonaning Afg‘onistondagi AQSH fuqarolariga yordam ko‘rsatish imkoniyati yo‘q.
Qayd etilishicha, elchixona hozirda AQSHga ketish uchun tijorat reyslariga chipta olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarga karz berishga tayyyor.
Shuningdek, AQSH vakolatxonasi fuqarolar xavfsizlik borasida barcha yangiliklardan xabardor bo‘lishi uchun, qolaversa, ular bilan favqulodda vaziyatlarda bog‘lanish oson bo‘lishi uchun STEP (Smart Traveler Enrollment Program) dasturida ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilgan. Aytilishicha, keyinchalik rasmiy eksport reysi amalga oshirilganda dastur foydalanuvchilariga xabar beradi.
Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” o‘rtasidagi qarama-qarshilik bir necha yillardan beri davom etmoqda. So‘nggi keskin qurolli to‘qnashuvlar joriy yilning may oyida AQSH qo‘shinlari mamlakatni tark etishni boshlaganida avj oldi. Qishloq va chegaraning muhim hududlarini egallab olgan “Tolibon” yirik shaharlarga qarshi hujum uyushtirmoqda.
Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik
Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi.
Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, Italiya, Avstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.
Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.
LiveBarchasi