AQSHning qarzi tarixda birinchi marta 31 trln dollardan oshdi

Olam

image

AQSH Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tarixda birinchi marta davlat qarzi 31 trillion dollardan oshdi.

3 oktyabr holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 31 trillion 123 milliard 887 million 781 ming 401 dollar va 34 sent qarzdor bo‘lgan.

Aksariyat qarz majburiyati egalari 24 trillion dollardan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan xususiy shaxslardir.

Amerikaning xorijiy hukumatlar oldidagi qarzlari qariyb yetti trillion dollarni tashkil etadi.

Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, stavkalar ko‘tarilishi bilan qarzga xizmat ko‘rsatish tobora qimmatlashib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing