AQSHning gigant kemasi Yaqin Sharqqa yetib bordi

Olam

image

AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining Abraham Lincoln aviatsiya tashuvchi kemasi Erondagi mojarolar sabab Yaqin Sharqqa yetib bordi. Bu haqda 13TV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli Abraham Lincoln aviatsiya tashuvchi kemasi Eron bilan ehtimoliy qarama-qarshilikka tayyorgarlik doirasida Yaqin Sharqqa kelgan, ya’ni Eronda agar yana mojarolar avj olsa, yoki Tramp qaror chiqarsa harbiylar Eronga yopirilib kirib, namoyishchilarga yordam berishi mumkin. 

Shuningdek, yaqin kunlarda mintaqa yaqinida THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi batareyasi paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Telekanal mintaqadagi keskinlik oshib borayotganiga e’tibor qaratgan. Qayd etilishicha, AQSH allaqachon Yaqin Sharq va O‘rta yer dengizidagi strategik nuqtalarda o‘z kuchlarini joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatining katta harbiy floti Yaqin Sharqqa yo‘l olayotganini ma’lum qilgandi. Isroilning “Haaretz” nashri ikki nafar amerikalik rasmiyning so‘zlariga tayanib xabar berishicha, AQSH Yaqin Sharqqa USS Abraham Lincoln aviatsiya tashuvchi kemasini, shuningdek, esminetslar va qiruvchi samolyotlarni ham yuborgan.  

Shuningdek, Eron rasmiylari harbiy harakatlar boshlangan taqdirda Isroil hududi hamda Yaqin Sharqda joylashgan AQSH harbiy bazalari “qonuniy nishonlar”ga aylanishini ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Yaqin Sharq Abraham Lincoln

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing