AQSHning diniy erkinlik bo‘yicha vakili Mirziyoyev bilan suhbatlashdi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021
4271AQSHning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbek 20 yanvar kuni o‘zining Twitter sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan suhbatlashgani haqida tvit qoldirdi.
Braunbek o‘z tvitida Prezident Mirziyoyev bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgani O‘zbekistondagi diniy erkinlikni takomillashtirib borayotgan rahbarligini qadrlashi va uning sa’y-harakatlari davom etishiga umid qilishini yozib qoldirgan.
Suhbat mazmuni bo‘yicha hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q. Prezident Mirziyoyevning elchi Braunbek bilan qanday masalalarni muhokama qilgani borasida O‘zbekiston tomoni hozircha jim.
Eslatib o‘tamiz, Sem Braunbek Toshkentga 2018 yil sentyabrda tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabulida bo‘lgan.
Shuningdek, Braunbek O‘zbekistondagi diniy erkinlik, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishga qaratilgan islohotlarni olqishlagan edi.
LiveBarchasi