AQSHning Alabama universiteti bitiruvchisi O‘zbekiston Energetika vaziri bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Energetika vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod bilan tanishdi. 

Deputatlar bir ovozdan nomzod Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov vazir lavozimiga tacdiqlagan. 

Qolaversa, bugunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jo‘rabek Mirzamahmudovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari – Energetika vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda ushbu vazirlik tashkil etilganda vazir lavozimini egallagan Alisher Sultonov idorani 2022 yilning apreligacha boshqardi. Qariyb 6 oydirki, Sultonovdan bo‘shagan kursi egasiz qolayotgan edi. 

Ma’lumot uchun, Jo‘rabek Mirzamahmudov 2020 yildan hozirgacha “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U 1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda AQSHning Alabama universitetini, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing