AQSHning Afg‘onistondagi elchilari maxfiy hujjatlarni yo‘q qilmoqda

Olam

image

Tolibon jangarilarining poytaxt Kobulga tobora yaqinlashib kelayotgani sabab AQSH diplomatlari mahfiy hujjatlarni yo‘q qilishga kirishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

AQSH bayrog‘i, gerbi va ularning rasmi tushirilgan narsalar, elchixona yoki boshqa Amerika tashkilotlariga tegishlari ramzlarning barchasi yo‘q qilinmoqda. Sababi, “Toliblar” ushbu predmetlarni o‘z maqsadlari uchun ishlatishi mumkin.

Davlat Departamenti vakili ushbu holatni odatiy tezkor jarayon deb ta’kidladi.

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Qobuldagi elchixonasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga qo‘shimcha kuchlarni kirita boshlagani haqida xabar bergan edik.  

Eslatib o‘tamiz, Kanada va Buyuk Britaniya ham Qobuldagi elchixonasini himoya qilish uchun o‘zining maxsus kuchlarini Afg‘onistonga yubormoqchi edi.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibonlar” mamlakat hududining 60% dan 85% gacha, shu jumladan, besh davlat bilan chegaradosh hududlarni nazorat qilmoqda. 12 avgust kuni ular Qandahor va Hirot kabi bir qator yirik shaharlarini ham egallab oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

514

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing