AQSHga yuk mashinasida ketayotgan 129 muhojir to‘xtatib qolindi

Olam

image

Meksika chegarasida 129 muhojirni AQSHga olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyun kuni AQSHga noqonuniy yo‘l bilan ketayotgan Gvatemala, Gonduras, Salvador va Hindistondan kelgan 129 muhojirni olib ketayotgan yuk mashinasi Meksikaning Migratsiya milliy instituti va hukumat vakillari tomonidan to‘xtatib qolingan.

“Lotin Amerikasida zo‘ravonlik va qashshoqlikdan qochgan muhojirlar ko‘pincha kontrabandachilarga Meksika orqali AQSHga o‘tish uchun pul to‘lashadi. Ba’zilari esa narkotik jinoyati avj olgan hududlarni va o‘nlab kilometrga cho‘zilgan suvli hududni kesib o‘tishga majbur bo‘ladi”, deydi Migratsiya instituti xodimi.

Ta’kidlanishicha, yuk mashina tirkamasi ichidagi odamlarning aksar qismi katta yoshli erkaklardan iborat bo‘lgan. Shuningdek, ular orasida 19 nafar kuzatuvsiz voyaga yetmagan bolalar ham borligi aytilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar jamoat qamoqxonasiga joylashtirilgan. Qolganlar esa migratsiya institutining vaqtincha saqlash hududida shaxsiga aniqlik kiritilgunga qadar olib qolingan. Shu bilan birga operatsiya davomida to‘rt nafar shaxs odam savdosida gumon qilinib, qo‘lga olingan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh muhojir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing