Ikki yilda AQSHga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan qancha o‘zbekistonlik ushlangani ochiqlandi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2023
88232021 yilning oktyabridan 2023 yilning oktyabriga qadar AQSHda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda "Fox News" xabar berdi.
AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yil ichida AQSHga Meksika orqali o‘n minglab fuqarolar noqonuniy kirishga uringan. Hukumat ularni nazorat ostidagi shaxslar toifasiga kiritgan. Bunday shaxslar terrorizm bilan aloqador bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqib, AQSH xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘riladi.
AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlar orasida:
- 30 830 nafar Turkiya fuqarolari;
- 15 594 nafar Mavritaniya fuqarolari;
- 13624 nafar O‘zbekiston fuqarolari;
- 6386 nafar Afg‘oniston fuqarolari;
- 3153 nafar Misr fuqarolari;
- 1613 nafar Pokiston fuqarolari mavjud.
Chegarada qo‘lga olinganlar orasida Eron (659), Suriya (538), Iordaniya (185), Livan (164), Yaman (139) va Iroq (123) fuqarolari ham bor.
Hibsga olinganlarning qanchasi AQSHdan chiqarib yuborilgani yoki sud muhokamasidan keyin mamlakatga kirishga ruxsat berilgani haqida xabar berilmagan.
LiveBarchasi