AQSHga qarshi kuchlar qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshladi
Olam
−
16 mart 2023
17698Xitoy, Eron va Rossiya joriy yilning 15-19 mart kunlari Ummon ko‘rfazida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda kecha, 15 mart kuni Xitoy va Rossiyaning mudofaa vazirliklari xabar berdi.
“2023 yilda o‘tkaziladigan “Dengiz xavfsizligi kamari” mashg‘ulotlari ishtirokchi mamlakatlar harbiy-dengiz kuchlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga yordam beradi”, deyiladi Xitoy mudofaa vazirligi bayonotida.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa mashg‘ulotlarning faol bosqichi 16-17 mart kunlari bo‘lib, ular turli qo‘shma manyovrlar, jumladan, kunduzi va tungi artilleriya otishmalarini o‘z ichiga olishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi harbiy-dengiz kuchlari Janubiy Afrika Respublikasi qirg‘oqlarida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazgan edi. AQSH esa Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Shimoliy Koreya tahdidiga javoban “Ozodlik qalqoni” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshlagandi.
LiveBarchasi