AQSHdan ko‘chib ketayotganlar soni keskin oshdi

Olam

image

2025 yil yakunlariga ko‘ra, AQSHni tark etganlar soni mamlakatga ko‘chib kelganlardan 150 ming kishiga ko‘p bo‘ldi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

AQSH ma’muriyati aholi oqimining kamayishini noqonuniy migratsiyaga qarshi kuchaytirilgan choralar bilan izohlamoqda. Biroq statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatni nafaqat migrantlar, balki AQSH fuqarolarining o‘zlari ham faol tark etmoqda.

Xususan, Yevropa Ittifoqi davlatlariga ko‘chib borayotgan amerikaliklar soni rekord darajaga yetgan. Chetga ketayotgan fuqarolarning aytishicha, ular xavfsizroq va barqaror sharoitda yashashni afzal ko‘rmoqda.

Mutaxassislar ushbu tendensiyani iqtisodiy beqarorlik, ichki siyosiy ziddiyatlar hamda xavfsizlik bilan bog‘liq omillar bilan izohlamoqda.

Ma’lumot uchun, bunday holat mamlakatda so‘nggi bor 1929–1939 yillardagi “Buyuk depressiya” davrida kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda noqonuniy migrantlarga qarshi kurashni boshlagach, ularning soni deyarli bir millionga kamaygandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh aholi Evropa Ittifoqi migratsiya “Buyuk depressiya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing