AQSHdagi shifoxonada otishma yuz berdi. Qurbonlar bor
Olam
−
02 iyun 2022
6795AQSHning Oklaxoma shtatining Talsa shahrida sodir bo‘lgan otishmada besh kishi, jumladan hujumni uyushtirgan shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya boshqarmasi ma’lum qildi.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni uyushtirgan 35-40 yoshlardagi qora tanli erkak bo‘lib, miltiqdan o‘q uzgan.
“Biz o‘q uzgan odamning shaxsini hali aniqlaganimiz yo‘q... Bu 35 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan qora tanli erkak. Voqea sodir bo‘lgan joyda uning miltiq va to‘pponchasi bo‘lgan”, degan politsiya vakili Erik Dalglish brifingda.
Otishma shahardagi Muqaddas Fransisk shifoxonasi binolaridan birida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:00 da sodir bo‘lgan.
Taxminan bir hafta oldin, 24 may kuni Texasning Yuvalde shahridagi Robb boshlang‘ich maktabida otishma sodir bo‘lib, 19 bola va uch nafar katta yoshli odam, jumladan jinoyatchi halok bo‘lgan edi. Keyin AQSH Prezidenti Jo Bayden qurol lobbisini cheklashga chaqirdi. Keyinroq 30 may kuni Oklaxoma shtatining Taft shahridagi festivalda otishma sodir bo‘lgani, bir kishi halok bo‘lgani va yetti kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi