AQSHdagi saylovlardan keyin X’da norozilik kuchaydi

Olam

image

AQSH prezidentligi saylovlaridan so‘ng X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Bluesky ilovasiga ko‘chib ketmoqda. X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskning saylangan prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashi ham bu hajmni oshirdi. Bu haqda “Mashable” xabar berdi.

Umuman olganda, Bluesky X bilan juda ko‘p umumiyliklarga ega. Shu darajadaki, Mask Twitter'ni sotib olishdan oldin kompaniyadan sarmoya ham olgan. Hatto Twitter asoschisi va sobiq bosh direktori Djek Dorsi ham shu yil boshiga qadar Bluesky boshqaruv kengashida edi. 

X’ni tark etayotganlar orasida dunyoga mashhur nomlar ham bor.

1. Stiven King

Mashhur yozuvchi Stiven King X’ni tark etib, Meta kompaniyasiga tegishli Threads’ga o‘tishini e’lon qildi.

“Men Twitter’ni tark etyapman. Men qolishga harakat qildim, lekin bu yerdagi atmosfera juda zaharli bo‘lib qoldi”, deydi yozuvchi.

2. Barbra Streyzand

Qo‘shiqchi va aktrisa Barbra Streisand ham X’dan ketishini e’lon qildi, u Bluesky’ga o‘tishini e’lon qildi.

3. Jeymi Li Kertis

Aktrisa Jeymi Li Kertis ham o‘zining X akkauntini yopdi.

4. Don Lemon

X akkauntini yopganlar orasida yangiliklar boshlovchisi Don Lemon ham bor.

“Men bir paytlar bu to‘g‘ri muhokama va munozaralar, shaffoflik va so‘z erkinligi uchun joy ekaniga ishongan edim, lekin menimcha, bu endi bu maqsadga xizmat qilmaydi”, dedi u Instagram’da baham ko‘rgan videoda. 

5. Bett Midler

“The Daily Beast” va “The Root” kabi manbalarga ko‘ra, aktrisa Bett Midler ham saylovdan keyin X’dagi akkauntini yopgan.

Shunday qilib, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSH prezidentligi saylovlaridan buyon Bluesky kuniga 100 mingdan ortiq yangi a’zolarni qo‘lga kiritdi. Hozirda platforma 15 milliondan ortiq a’zoga ega. Bundan tashqari, u bir muncha vaqtdan beri App Store ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Bluesky X ijtimoiy tarmog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing