AQSHdagi saylov dunyoning kelajakdagi rivojlanish yo‘lini belgilaydi – Kisida 

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida 2024 yilda AQSHning navbatdagi prezidentining saylanishi dunyoning kelajakdagi taraqqiyot yo‘nalishini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lishini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 yanvar kuni mamlakat parlamenti quyi palatasi yalpi majlisida so‘z ochdi.

“Xalqaro hamjamiyatdagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. Ukrainaning bosib olinishi va Yaqin Sharqdagi vaziyatdan tashqari, bu yil bir qator mamlakatlarda dunyoning kelajakdagi yo‘nalishini belgilab beradigan juda muhim saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu, birinchi navbatda, AQSHdagi prezidentlik saylovlari”, deydi u.

Kisidaning aytishicha, 2023 yil may oyida Xirosimadagi G7 sammiti va avgust oyida Kemp-Devidda bo‘lib o‘tgan Yaponiya-AQSH-Janubiy Koreya sammitida erishilgan yutuqlarga asoslanib, Yaponiya o‘ziga xos yondashuv orqali xalqaro hamjamiyatni global barqarorlik va farovonlik sari yetaklaydi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning noyabr oyida AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 2023 yil 25 aprelda AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden qayta saylanish uchun nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan. Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp esa 2022 yil noyabr oyida saylovoldi poygasiga kirishini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Yaponiya saylov Jo Bayden Fumio Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing