AQSHdagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi
Olam
−
12:52 870 2 daqiqa
Kecha, 13 iyul kuni ertalab AQSHning Meyn shtati Biddeford shahrida Immigratsiya va bojxona nazorati (IBN) xodimlari ishtirokidagi otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “DW” xabar berdi.
Bildirilishicha, voqea yuzasidan tergov ishlari boshlangan.
Meyn shtati Vakillar palatasi spikeri Rayan Fektu hodisa haqida ma’lum qilib, unda IBN xodimlari qatnashganini bildirgan.
“Bugun ertalab Biddefordda otishma sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi. Bunga IBN aralashgan”, deya yozgan u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Hozircha voqeaning barcha tafsilotlari ochiqlanmagan. AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) hodisa joyida ish olib borayotganini bildirgan, biroq qo‘shimcha ma’lumot bermagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishmaga haydovchining IBN xodimlariga qarshi avtomobilidan foydalanishga uringani sabab bo‘lgan.
Rasmiylarning aytishicha, agentlar aynan shu holatdan keyin o‘q uzgan. Biroq voqeaning barcha tafsilotlari, jumladan, xodimlarning harakati qonuniy bo‘lgan yoki bo‘lmagani bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Meyn senatori Angus Kingning aytishicha, Ichki xavfsizlik vaziri Markveyn Mallin unga voqea vaqtida halok bo‘lgan shaxs o‘z avtomobilidan agentlarga qarshi qurol sifatida foydalanishga uringani sababli unga qarata o‘q uzilganini ma’lum qilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta IBN xodimi oq rangli avtomobilni o‘rab olganidan so‘ng, bir necha bor o‘q ovozi eshitilgan.
Huquq himoyachilari halok bo‘lgan shaxs 26 yoshli Kolumbiya fuqarosi ekanini ma’lum qilgan. U AQSHda ishlash ruxsatiga ega bo‘lgani va ijtimoiy sug‘urta raqami mavjudligi aytilmoqda.
Immigrantlar huquqlarini himoya qiluvchi Project Relief tashkiloti ham hodisa vaqtida o‘z jamoasi a’zolaridan biri halok bo‘lganini bildirib, uning oilasi bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.
Meyn gubernatori Janet Mills esa federal huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokidagi ushbu halokatli voqea yuzasidan rasmiylar bilan hamkorlik qilayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazilayotgan ko‘cha festivalida sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgani, yana bir necha kishi halok bo‘lgani, yana bir necha kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi