AQSHdagi otishmada 6 kishi halok bo‘ldi. Bayden qurol qonunchiligini kuchaytirmoqchi
Olam
−
18 fevral 2023
3541AQSHning Missisipi shtatidagi bir nechta otishmalarda kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 17 fevral kuni Amerika matbuoti xabar berdi.
Mahalliy sherifga ko‘ra, barcha hodisalar Teyt okrugi tumanlaridan birida sodir bo‘lgan. Shu yerda gumonlanuvchi topilib, qo‘lga olingan.
Hujumchining shaxsi va maqsadi hozircha aniqlanmagan.
AQSH Prezidenti Jo Bayden Missisipidagi ommaviy otishmadan keyin qurolli zo‘ravonlikni “epidemiya” deb atadi. Bu haqda Oq uyning bayonotida aytilgan.
“Joriy yil boshidan beri 48 kun o‘tdi va mamlakatimizda allaqachon kamida 73 ommaviy otishma sodir bo‘lgan. Fikrlar va ibodatlar yetarli emas. Qurolli zo‘ravonlik epidemiya va Kongress hozir harakat qilishi kerak”, deyiladi Bayden bayonotida.
AQSH Prezidenti, shuningdek, qurol qonunchiligini isloh qilishga chaqirdi.
“Bu barcha qurol-aslaha savdosi bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirishni talab qilishni, hujum qurollari va yuqori sig‘imli o‘qdonlarni taqiqlashni, qurolni xavfsiz saqlash talablarini va harbiy qurollarni ko‘chalarimizda bila turib tarqatayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun immunitetni olib tashlashni o‘z ichiga oladi”, deydi u.
LiveBarchasi