AQSHdagi Xellouin kechasida otishma sodir bo‘ldi
Olam
−
01 noyabr 2022
4493Kecha, 31 oktyabr kuni AQSHning Chikago shtatida Xellouin kechasida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda 14 kishi yaralandi. Bu haqda CNN nashri shahar politsiyasiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, otishma odamlar tez-tez yig‘ilish va yig‘inlar o‘tkazadigan Vest-Sayd hududida sodir bo‘lgan.
Mashinada o‘tayotgan noma’lum shaxslar olomonga qarata o‘q uzgan. Politsiya taxminiga ko‘ra, hujumni ikki kishi sodir etgan. Bir odamni esa mashina urib yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yaralanganlar orasida uch, 11 va 13 yoshli bolalar ham bor. Yaradorlar turli og‘irlikdagi jarohotlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozircha politsiya jinoyatchilarning maqsadini aniqlay olmagan.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinchda 151 kishi vafot etgan edi.
LiveBarchasi