AQSHdagi ba’zi markaziy osiyoliklarning yashash kartasi tekshiriladi 

Olam

image

Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘lganidan so‘ng, AQSH 19 ta davlat, jumladan, Turkmanistondan kelgan chet elliklarning yashash kartalarini tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati rahbari Jozef Edlouning ma’lum qilishicha, Prezident Donald Tramp uning idorasiga “tashvishga sabab bo‘luvchi davlatdan kelgan har bir chet ellikning yashash kartasini to‘liq va puxta qayta tekshirish” topshirig‘ini bergan. 

Qaysi davlatlar nazarda tutilganligi borasida Edlou 2025 yilning iyun oyida Donald Tramp tomonidan chiqarilgan farmonni eslatgan. Ushbu farmonga ko‘ra, 12 davlat (Afg‘oniston, Myanma, Chad, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman) fuqarolari AQSHga kiritilmasligi, shuningdek, yana 7 davlat (Togo, Turkmaniston, Burundi, Kuba, Laos, Serra-Leone, Venesuela) fuqarolarining kirishi cheklangan.

Edlou boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan.

Ushbu bayonot Oq uy yaqinida sodir bo‘lgan otishmadan ikki kun o‘tgach berilgan. 

Otishma oqibatida 1 nafar AQSH Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi – 20 yoshli Sara Bekstrem shifoxonada vafot etgan, yana birining esa ahvoli og‘ir. Otishma gumoni bilan 29 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Rahmonulloh Lakanval hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkmaniston markaziy osiyoliklar Jozef Edlou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing