AQSHda juda kuchli to‘fon kuzatilyapti
Olam
−
02 Sentabr 2019
5332AQSHda "Dorian" to‘foni sabab Dorian shahrida 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda EurAsiaDaily.
Janubiy Karolina va Jorjiya shtatida bugun, 2 sentyabr kuni majburiy evakuatsiya boshlanishi kerak. Bu haqda ikkala shtat gubernatorlari ma’lum qildi.
Janubiy Karolina gubernatori Genri MakMaster evakuatsiya 2 sentyabr kuni tushdan keyin boshlanishi va millionga yaqin odamga ta’sir qilishini aytib o‘tdi.
Jorjiya gubernatori Brayn Kemp Twitter`dagi sahifasida shtatning sharqiy sohilidagi oltita okrug aholisini evakuatsiya qilish haqida buyruq chiqardi.
“Daraxtlar yiqilib, elektr ta’minoti uzilgan. To‘fon shtat yo‘llari va ko‘priklariga tahdid solmoqda. Shuning uchun, evakuatsiyani tezlashtirish lozim” deb yozadi Kemp.
“Dorian” to‘foni Atlantika okeanidagi eng yuqori, beshinchi toifaga yetdi. AQSH milliy bo‘ronlarni kuzatish markazi Dorianni "halokatli" deb topdi. Shamol tezligi soatiga 257 kilometrga yetadi. AQSH Prezidenti Donald Tramp vatandoshlarini AQSHga yaqinlashib kelayotgan bo‘ron o‘n yillar ichida eng kuchli bo‘ron bo‘lishidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi